Afrika ittifoqi mamlakatlari bir qator Yevropa davlatlaridan quldorlik davri uchun reparasiya to‘lashni talab qilib, BMT Xalqaro sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
"Huquqshunoslar Xalqaro sudga ushbu masala bo‘yicha qaror chiqarishni so‘rab murojaat qilish rejalarini ishlab chiqmoqdalar. Ular Buyuk Britaniyani Chagos arxipelagini topshirishga majbur qilgan huquqiy strategiyani takrorlashdan umid qilishmoqda", — deb yozadi The Telegraph nashri o‘z manbalariga tayanib.
Maqolaga ko‘ra, da’vo arizasi Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va Buyuk Britaniyaga qarshi qaratiladi.