Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Afrika 2026 yilda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanadi

Afrika 2026 yilda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha jahon yetakchisiga aylanadi

Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 6 foizdan oshadigan eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning aksariyati 2026 yilda Afrika mamlakatlari bo‘ladi.

Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlariga tayanib, Africanews telekanali xabar berdi.

Ruanda, Uganda, Efiopiya kabi mamlakatlarda o‘sish sur’atlari 7 foizdan oshadi, Janubiy Sudan va Gvineya esa neft va mineral qazilmalarni ishlab chiqarishdagi bum hisobiga ikki xonali YAIM o‘sishiga erishadi. Shu bilan birga, XVJ ekspertlarining fikricha, Afrika global isish, siyosiy beqarorlik va yuqori tashqi qarz kabi salbiy omillar ta’siriga e’tibor qaratishi kerak.

2026 yilda qit’a davlatlari kreditorlarga qariyb 95 milliard dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Keniya kabi davlatlar byudjet mablag‘larining 20 foizini tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishga sarflashga majbur bo‘ladi. Xorijiy sarmoyalarning kirib kelishiga qaramay, ba’zi davlatlar, masalan, Markaziy Afrika Respublikasi sayyoradagi eng kam elektrlashtirilgan davlatlar qatorida qoladi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!