Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AFP: Suriya va Isroil 2025 yil oxirigacha bir qator xavfsizlik kelishuvlarini imzolaydi

 AFP: Suriya va Isroil 2025 yil oxirigacha bir qator xavfsizlik kelishuvlarini imzolaydi

Agentlik bu haqda Suriya Tashqi ishlar vazirligidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

"Isroil bilan muzokaralarda oldinga siljish kuzatilmoqda. Yil oxirigacha bir qancha kelishuvlarga erishiladi, bu birinchi navbatda harbiy va xavfsizlik sohalarida", — dedi AFP manbasi.

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa ham Suriya va Isroil o‘rtasidagi muzokaralar xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga olib kelishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokaralar zarur va yaqin kunlarda natija berishi mumkin.

Ash-Sharaa potensial kelishuv Isroil yillar davomida bir necha bor buzgan Suriya havo hududi xavfsizligi hamda mamlakatning hududiy yaxlitligini o‘z ichiga olishi kerakligini ta’kidladi. Uning ma’lum qilishicha, AQSh Suriyaga Isroil bilan kelishuvga erishish uchun bosim o‘tkazmagan, balki vositachi bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 16:53. O'qildi: 119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!