Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

AFP: Qirg‘izistonda qirg‘iz tilining maqomi rus tilidan yuqoriga ko‘tarilmoqda

 AFP: Qirg‘izistonda qirg‘iz tilining maqomi rus tilidan yuqoriga ko‘tarilmoqda

Agentlikning xabar berishicha, mamlakat parlamenti qirg‘iz tili mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan qonunni qabul qildi. Yangi qonunga ko‘ra, radio va televideniyedagi kontentning kamida 60 foizi qirg‘iz tilida bo‘lishi kerak, joy nomlari qirg‘iz tilida yozilishi shart, reklamalarda esa qirg‘iz tilidagi matn rus tilidagidan yirikroq bo‘lishi lozim.

Shuningdek, barcha davlat xizmatchilari, jumladan sudyalar, prokurorlar, saylanadigan lavozimdagilar, deputatlar va vazirlar qirg‘iz tilini bilishi shart hisoblanadi. Ushbu talab huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga ham tegishli.

"Bundan tashqari, endilikda qirg‘iz tilini bilmaslik Qirg‘izistonda yashash guvohnomasini olish rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin", deb yozmoqda 24kg.

Hozirda Qirg‘iziston aholisi yetti millionga yaqin va ularning ko‘pchiligi rus tilida so‘zlashadi, rus tili kundalik hayotda keng qo‘llaniladi. Mamlakatda qirg‘iz tili davlat tili maqomida, rus tili esa rasmiy til maqomiga ega.

"Agar biz qirg‘iz tiliga befarq bo‘lsak, yaqin yillar ichida millat bo‘lishdan to‘xtaymiz", — deya bunga izoh berdi parlament spikeri.

AFP'ning ta’kidlashicha, bu mintaqadagi Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli tajovuzidan keyin milliy o‘zlikni targ‘ib qila boshlagan beshinchi postsovet davlati hisoblanadi. Bungacha Qirg‘izistonda sovet davrini eslatadigan milliy madhiyani o‘zgartirishga ham qaror qilingan edi. Hozirda madhiyaning yangi matni va musiqasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 07:13 27.06.2025. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!