Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Afinada maktabga hujum qilindi

A A A
Afinada maktabga hujum qilindi

Gresiya poytaxti Afinaning Patisia tumanida maktabga hujum uyushtirildi. 19 yoshli yigit o‘quvchi va direktorni bolg‘a va pichoq bilan yaralagan, deb xabar bergan mamlakat “ERT” jamoat televideniyesi.

Polisiya ma’lumotiga ko‘ra, chet el fuqarosi, o‘quvchilardan birining ukasi maktabga bolg‘a bilan kirib, 18 yoshli o‘quvchini jarohatlagan. Shundan so‘ng jinoyatchi tanasiga pichoq urib, maktab direktoriga ham jarohat etkazgan.

– Jarohat og‘ir emas, biroq ikkala jabrlanuvchi ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazildi, – deyilgan xabarda.

Polisiya tajovuzkorni hibsga oldi. Darvoqe, u akasini urgan maktab o‘quvchisiga ham hujum qilgani aytilmoqda.

Kiritildi: 14:51 26.03.2024. O'qildi: 1223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!