Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Afg‘onistonning qo‘shnilari Tehronda yuzma-yuz muloqot o‘tkazadi

Afg‘onistonning qo‘shnilari Tehronda yuzma-yuz muloqot o‘tkazadi

Afg‘onistonga qo‘shni bo‘lgan davlatlarning vakillari Tehronda uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzoda matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Uchrashuv 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi va bir kun davom etadi.
Eron poytaxtiga Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari tashrif buyurishadi.
Xatibzodaning so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tibor onlayn tarzda o‘tkazilgan birinchi bosqichdagi muloqotni davom ettirishga qaratiladi.
“Oltita davlat o‘z salohiyatini Afg‘onistonda barcha milliy guruhlar ishtiroki ta’minlanadigan inklyuziv hukumatni shakllantirishga yordam berishga qaratadi“, deya ta’kidladi Eron TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, “Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar” formatidagi dastlabki muzokaralar sentyabr oyi avvalida videomuloqot shaklida bo‘lib o‘tgan edi. Unda Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoy vakillari ishtirok etishgan.

Kiritildi: 15:54 18.10.2021. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!