Afg‘onistonda taksilarni sariqdan oq-ko‘k rangga qayta bo‘yash qonuni 2023 yilning may oyida qabul qilingan edi.
Ta’kidlanishicha, ushbu chora Afg‘oniston a’zo bo‘lgan 1973 yildagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga rioya qilish uchun ko‘rilgan.
Taksilarni qayta bo‘yashga uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddat berilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik avtomobil egalarida bunga pul yo‘qligi sababli jarayon cho‘zilmoqda.