Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Afg‘onistonda to‘yda qatnashgan yigitlarning sochi kalga olindi

Afg‘onistonda to‘yda qatnashgan yigitlarning sochi kalga olindi

“Tolibon” Badaxshon viloyatidagi to‘yda qatnashgan 12 yigitni hibsga olib, ularning sochini kalga oldirdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Manbalarda aytilishicha, 22 fevral kuni “Tolibon” a’zolari Arg‘oy tumanidagi Tergani qishlog‘idagi to‘yxonaga bostirib kirgan. Ular 12 nafar yigitni omma oldida qamchilagandan keyin hibsga olib, qamoqqa tashlagan. “Tolibon” bu yigitlarni keyinchalik garov sababli ozod qilgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, “ayblanuvchilar” qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan to‘yda musiqa chalgan. Badaxshondagi mahalliy “Tolibon” hukumati hozircha bunga munosabat bildirmayapti. Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelgach, to‘y va madaniy dasturlar kabi tadbirlarda musiqa chalish, tinglash taqiqlandi.

Kiritildi: 06:39 25.02.2024. O'qildi: 1226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!