Afg‘oniston Qatar, Saudiya Arabistoni va Turkiya iltimosiga ko‘ra Pokistonga qarshi jang harakatlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Afg‘oniston hukumati vakili Zabihullo Mujohid X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Avvalroq Pokiston axborot va teleradioeshittirishlar vaziri Attaullo Taror X ijtimoiy tarmog‘ida Pokiston Afg‘onistonga qarshi jang harakatlarini vaqtincha to‘xtatgani haqida yozgandi.
Uning bildirishicha, Pokiston Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya iltimosiga ko‘ra jang harakatlarini to‘xtatishga qaror qilgan. Tanaffus 19 mart tundan 24 mart yarim tungacha davom etadi.
Tomonlar o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish qarorini yaqinlashayotgan Ramazon hayiti munosabati bilan qabul qilgan.