"Gumanitar yordam Misr va G‘azo sektori chegarasidagi Rafah o‘tish punkti orqali yetkazilgan. Yordam Afg‘oniston bosh vazir devoni ko‘rsatmasi asosida tayyorlangan. Afg‘oniston kerakli buyumlarni Misrdan xarid qilgan", deya xabar bermoqda nashr.
Yordam 42 ta yuk mashinasida tashilgan va taxminan 500 ming dollarga baholangan. U G‘azodagi 22 mingga yaqin oilaga tarqatilishi kutilmoqda.
UNICEF hisobotiga ko‘ra, Afg‘oniston dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz o‘choqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uzoq yillik mojarolar, iqtisodiy qoloqlik, aholining asosiy xizmatlardan yetarli foydalana olmasligi va huquqlarning cheklanishi fuqarolarning katta qismini himoyasiz qoldirdi. 2026 yilda taxminan 21,9 million kishi, ya’ni aholining qariyb 45 foizi gumanitar yordamga muhtoj hisoblanadi.