Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Afg‘oniston aholisi internetdan foydalanish uchun Pokiston bilan chegara hududlarga yo‘l olmoqda

Afg‘oniston aholisi internetdan foydalanish uchun Pokiston bilan chegara hududlarga yo‘l olmoqda

Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Avvalroq NetBlocks xalqaro internet monitoring xizmati “Tolibon” butun mamlakat bo‘ylab internetni to‘liq o‘chirib qo‘ygani haqida xabar bergan edi. Qayd etilishicha, internetga kirish “axloqsizlikning oldini olish” maqsadida to‘sib qo‘yilgan.

Bu uzilishlar hayotiy muhim sohalar, jumladan aviasiya, banklar, savdo va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Chorshanba kuni Kobul aeroporti parvozlarni to‘xtatdi, chunki aviakompaniyalar aloqadagi muammolar tufayli parvozlarni muvofiqlashtira olmayapti.

Kiritildi: 18:10 01.10.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!