Bugun 5 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Aeroportda protez ichiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

A A A
Aeroportda protez ichiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi.

Xorijdan uchib kelgan yo‘lovchilar orasidagi imkoniyati cheklangan shaxslardan birining “yashil” yo‘lak orqali harakatlanayotib, bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi.

Shundan so‘ng ushbu shaxs bojxona postidagi bodi-skaner qurilmasi orqali ko‘zdan kechirilganida, o‘ng qo‘liga o‘rnatilgan protez orasiga 75 gr. og‘irlikdagi qiymati 23.6 mln. so‘mlik zargarlik buyumlari yashirilganligi fosh qilindi.

Ayni shu reysda uchib kelgan yana bir yo‘lovchi esa 58 gr. og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini cho‘ntaklariga yashirgancha, yashil yo‘lakdan o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Mazkur tilla taqinchoqlarning umumiy qiymati esa salkam 15.8 mln. so‘mni tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 19:49 02.02.2021. O'qildi: 1771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!