Adolat partiyasi spikeri Dilmurod Ismailov:
"- Bizni partiya boshqa partiyalarga nisbatan korrupsiyaga alohida urg‘u bergan.Hozirgi kunda davlat tashkilotlarida raqamlashtirilgan tizimga o‘tgan. Har qanday korrupsiyani qoralaydi.
Bitta odam 2 mln bitta odam 20 mln oylik oladi. Har bir fuqaroni daromadiga qarab jarima solishni joriy etilishini qo‘llaymiz.
— Sudyalar huquqlarini kafolatlash, "Sudyalar maqomi to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish, shu bilan birga yo‘l qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish g‘oyasini ilgari suramiz.
- Har qanday korrupsiyaviy holat va budjet mablag‘lariga xavf soluvchi vaziyatlarni partiyamiz qat’iy qoralaydi. Bu bo‘yicha bizda aniq takliflar bor.
- Mansabdor shaxslarning fuqarolar va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni davlat budjetidan qoplab berib, javobgardan budjetga zarur mablag‘larni undirishni Qonunchilikda belgilash bo‘yicha aniq takliflarimiz bor"- deyiladi xabarda.