Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Adliya vazirligi: "Ortiqcha hujjat talab qilganligi uchun oliy ta’lim muassasalariga choralar ko‘rildi"

Adliya vazirligi: "Ortiqcha hujjat talab qilganligi uchun oliy ta’lim muassasalariga choralar ko‘rildi"

Vazirlik axborot xizmati xabar berishicha, adliya organlari tomonidan Samarqand viloyati misolida so‘rov orqali o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga asosan fuqarolardan talab qilish taqiqlangan hujjatlar olinganligi, qonun hujjatlari bilan belgilangan talablariga zid ravishda rasmiy hujjatlarning nusxalari talab qilinganligi va boshqa byurokratik g‘ovlar mavjudligi aniqlandi.

📑 Misol uchun, Samarqand davlat chet tillar universtiteti abituriyentlardan fuqarolik pasportidan nusxa, soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma, jismoniy shaxslardan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma kabi hujjatlarni taqdim etishni asossiz ravishda talab qilgan.

💽 Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyent haqidagi zarur ma’lumotlarni Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritib abituriyentga asl hujjatlarni qaytarishi nazarda tutilgan.
 
📩 Shunga asosan, Adliya vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari tomonidan ortiqcha byurokratik g‘ov va to‘siqlarga  barham berish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tegishli taqdimnoma kiritildi.
 
📝 Uning natijasiga ko‘ra 10 nafarga yaqin oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlariga turli intizomiy jazo choralari ko‘rildi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mazkur qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kiritildi: 22:24 02.12.2020. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!