Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Adliya vaziri o‘rinbosari: Sha’riy nikoh o‘qigani uchun javobgarlikka tortish to‘g‘ri emas

Adliya vaziri o‘rinbosari: Sha’riy nikoh o‘qigani uchun javobgarlikka tortish to‘g‘ri emas

O‘zbekistonda har yili bitta tumanga 100ta noqonuniy nikoh to‘g‘ri kelmoqda. Bu raqamni keltirgan senator Enaxon Siddiqovaning fikricha, ba’zida kim tomonidan o‘qilgani ham noma’lum bo‘lgan ayrim sha’riy nikohlar ajrimlar soni oshishiga ta’sir qilmoqda.

«Noqonuniy sha’riy nikoh uchun ayrim qo‘shni davlatlarimizda hatto jinoiy javobgarlik ham belgilangan», dedi Siddiqova to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining birinchi majlisida. Buhaqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Senatorning bu so‘zlariga Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev munosabat bildirdi.

«Sha’riy nikoh masalasida bitta narsani to‘g‘ri tushunish kerakki, islom dinida nikohni, albatta, imom o‘qishi shart, degan narsa yo‘q. Shuning uchun biz bu borada qonun bo‘yicha ham qanaqadir javobgarlik belgilamaganmiz.

Etarli diniy bilimga ega shaxs nikoh o‘qishi mumkinligini hisobga olsak, ularga javobgarlik belgilash unchalik to‘g‘ri emas», – dedi Adliya vazirligi rasmiysi.

Qayd etish kerak, O‘zbekistonda qonuniy nikohdan o‘tmagan fuqarolarga sha’riy nikoh o‘qigan shaxslar MJtKning 201-moddasi 2-qismi (Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish), 241-moddasi (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) va 47(3)-moddasi 3-qismi (Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish) asosida jarimaga tortib kelinadi.

Shuningdek, «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorga asosan, oilaviy tadbirlarda diniy mavzuda ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu ma’ruza din idorasining vakolatli vakili tomonidan o‘qilishi shart etib belgilangan.

Kiritildi: 08:00 21.09.2019. O'qildi: 2080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!