Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Adidas brendi musulmon ayollar uchun suzish kiyimlarini chiqardi

Adidas brendi musulmon ayollar uchun suzish kiyimlarini chiqardi

Adidas brendi butun tanani va sochlarni yashiradigan suzish kiyimlarining birinchi kolleksiyasini ishlab chiqardi. Brend vakillarining so‘zlariga ko‘ra, suzish kiyimi kolleksiyasi butun tanani berkitadi va barcha ayollarga mo‘ljallangan.

Cho‘milish kostyumlari bir zumda quriydigan va xlorga chidamli matodan tayyorlangan. Bundan tashqari, material ekologik jihatdan qulay bo‘lib, u bir necha bor qayta ishlangan sifatli tolalardan iborat.

Maxsus kiyim (burkini)da barcha jihat o‘ylangan. Masalan, suzish paytida yenglar ko‘tarilmasligi uchun ularning bosh barmog‘ida teshiklar mavjud va kostyumning ustki qismi qisqichlar orqalii mahkamlangan.

Kiyim dizayni tayyorlanishda suzish paytida bosh kiyimining siljib ketmasligi oldi olingan.

Musulmonlar suzish kiyimlarini adidas.com saytidan foydalangan holda buyurtma berib, turli rang va o‘lchamlarda olishlari mumkin.

Kiritildi: 13:44 02.08.2021. O'qildi: 3465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!