Muxolifat vakillari Aslan Bjaniyaning taklifini rad etishdi. Ular egallab olingan «hukumat majmuasi»ni ozod qilish evaziga Bjaniyaning muddatidan oldin iste’foga chiqish talabini qondirishni taklif qilgan edi. Muxolifat yetakchilaridan biri Adgur Ardzinba jurnalistlarga Bjaniya iste’foga chiqmaguncha binoni tark etmasliklarini ma’lum qildi.
Biz ko‘chada odamlarning talablarini so‘radik. U [Bjaniya] iste’foga chiqmagunicha, biz bu yerdan ketmaymiz”, dedi Ardzinba.
Muxolifat, shuningdek, xavfsizlik kuchlarini namoyishchilar tarafini olishga chaqirdi.