Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Abramovichning «Chelsi»sini sotishdan tushgan pullar Ukrainaga beriladimi?

Abramovichning «Chelsi»sini sotishdan tushgan pullar Ukrainaga beriladimi?

Rossiyalik biznesmen Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan «Chelsi» futbol klubini sotishdan tushgan 2,3 milliard funt sterling (taxminan 2,8 milliard dollar) Ukrainadagi urush qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Buyuk Britaniya hukumati nomi oshkor etilmagan fondga mablag‘ o‘tkazishga yaqin turibdi, biroq bunga qadar u Yevropa Ittifoqining roziligini olishi kerak, deb yozdi The Telegraph.

Aniqlik kiritilishicha, mablag‘lar 8 oy davomida Abramovichning bloklangan bank hisob raqamida saqlandi va bir necha hafta ichida jamg‘armaga o‘tkazib berilishi mumkin.

«Hukumatdagi manbalarning aytishicha, yangi jamg‘arma Xayriya komissiyasidan ruxsat olish arafasida. Biroq, ular ham Yevropa Ittifoqidan «yashil chiroq» olishi kerakligi aniq, chunki Abramovich u yerda ham sanksiyalar ostida», deyiladi xabarda.

Roman Abramovich va Buyuk Britaniya hukumati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, jamg‘armaga UNICEF UK sobiq ijrochi direktori Mayk Penrouz rahbarlik qiladi. 2022 yil davomida u Ukrainada bo‘lib, jamg‘arma faoliyati uchun qonunchilik bazasini yaratishda ishtirok etgan.

Roman Abramovich «Chelsi»ni sotishdan tushgan mablag‘ni Ukrainadagi urush jabrdiydalariga yordam jamg‘armasiga yo‘naltirishi haqida 2022 yilning mart oyi boshidan ma’lum bo‘lgan edi. May oyida Angliya Premer-ligasi «Chelsi»ni amerikalik tadbirkor Todd Bouliga sotishni ma’qullagan edi.

Kiritildi: 23:03 31.01.2023. O'qildi: 3403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!