Rossiyalik oligarx Roman Abramovich Britaniya vizasini olishi uchun o‘z moliyaviy daromadlari manbaini oshkor etishi kerak ekan.
"Chelsi" futbol klubi sohibi viza olish uchun hujjat tayyorlayotgan edi.
Biroq endi unga bu jarayonning murakkablashgan variantini taqdim etishdi, ya’ni u barcha daromadlari qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganligini isbotlab berishi kerak.