Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Abituriyentlarda uchta ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bormi?

Abituriyentlarda uchta ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bormi?

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Bexzod Musayev rahbarligida 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov, Xalq ta’limi vaziri SH.Shermatov, Davlat test markazi direktori M.Karimov va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Brifingda yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlarini tashkil etish va test sinovlarini o‘tkazishga oid barcha savollarga aniqlik kiritildi.

Jumladan, 2020/2021 o‘quv yilida abituriyentlar uchun test blokidagi fanlar tarkibi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 3 ta ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati saqlanib qolinadi.

Alohida iqtidor talab etiladigan hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishlariga kirishda abituriyentlar faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 15:16 05.06.2020. O'qildi: 2784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!