Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovning ma’lum qilishicha, bu yil ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
"Xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtini optimallashtirishni o‘ylayapmiz.
Har bir yo‘nalishdan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari, mutaxassislar tomonidan ijodiy imtihonlarning dasturi ishlab chiqadi. Oliy o‘quv yurti o‘zi modellashtiradi, rektorlar, mutaxassislar o‘ylab, takliflarini kiritadi», — dedi Majidov.