Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Abituriyentlar 22 iyulgacha (shu kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

Abituriyentlar 22 iyulgacha (shu kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin


Ko‘pchilik Qurbon hayiti munosabati bilan 3 kunlik dam olish berilgani abituriyentlarga ta’sir qilmaydimi, deb savol bermoqda.

Yo‘q, bu ta’sir qilmaydi. Abituriyentlar avvalgi davrdagidek hujjatlarini ko‘tarib, qabul komissiyasiga borishmaydi. Balki shunchaki my.dtm.uz sayti orqali hatto telefonidan ham bemalol ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shu sababli dam olish va bayram kunlari hujjat topshirishga hech qanday to‘sqinlik qilmaydi.

✅ Abituriyentlar 22 iyul, payshanba kuni soat 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📹 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish haqida video:
https://t.me/xushnudbek/10227

Yana ko‘pchilik to‘lov haqida ham savol bermoqda. Dam olish kunlari banklar ishlamaydi, avvalgi yilda bitirganlar to‘lovni qanday amalga oshiradi, deb. Buning yo‘li juda oson, bemalol PayMe, Click, UPay va yana bir nechta elektron to‘lov tizimlari orqali dam olish kunlari, kunning istalgan paytida onlayn to‘lash mumkin.

Kiritildi: 02:20 21.07.2021. O'qildi: 3411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!