O‘zbekiston milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi rekord darajadagi 35 million evroga baholangan.
"Manchester Siti" va O‘zbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etadi va u ayni damda Osiyoning eng qimmat 3-futbolchisi sanaladi.
Undan oldinda yaponiyalik vinger Kaoru Mitoma (40 mln yevro, "Brayton"), koreyalik himoyachi Kim Min Jeni (40 mln yevro, Bavariya) ko‘rish mumkin. Li Kan In, Son Xyon Min va Zion Suzuki kabi yulduzlar yangilangan reytingda Husanovdan pastroqda joylashgan.