Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ni tanladi, u Buyuk Britaniya ishchi vizasiga ariza bergan

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ni tanladi, u Buyuk Britaniya ishchi vizasiga ariza bergan

“Lans” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Buyuk Britaniya ishchi vizasini olish uchun hujjat topshirdi. Bu haqda “Telecomasia.net” sayti xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan hafta 20 yoshli futbolchi va uning vakillari Buyuk Britaniya vizasini olish uchun zarur hujjatlarni topshirgan. Husanov va uning agentlari shu oyning oxiriga qadar Manchesterga uchib, shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisiga vakillik qiluvchi agentlik “Manchester Siti”ni tanlagan. Bunga bosh murabbiy Pep Gvardiolaning shaxsan qiziqishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Avvalroq Husanov Angliyaning “Chelsi” va “Nyukasl” klublari, Ispaniyaning “Real”, shuningdek, Fransiyaning “PSJ” jamoasi qiziqishlari doirasida ekani xabar qilingandi. Agentlar Parij variantini o‘yin amaliyoti kafolati yo‘qligi sababli rad etgan.

Qayd etish joizki, Husanov 2023 yilda Belarusning “Energetik-BGU” klubida o‘ynagan va shu yilning iyul oyida 100 ming yevro evaziga “Lans”ga transfer bo‘lgandi.

Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.

Kiritildi: Bugun 01:22. O'qildi: 827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!