Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Abduqodir Husanov Britaniya matbuoti diqqat markazida: «U APLning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

Abduqodir Husanov Britaniya matbuoti diqqat markazida: «U APLning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Britaniyaning mashhur Sky Sports nashri tomonidan yuqori e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ekspertlarda, ayniqsa, futbolchining Angliya liga kubogi finalida «Arsenal»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yini katta taassurot qoldirdi:

«O‘z pozisiyasiga qaytishda aql bovar qilmas tezlik namoyish etdi. U Dyokereshga birorta ham imkoniyat qoldirmadi. Husanov tez fursatda Premyer-liganing yakkama-yakka vaziyatlardagi eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanib bormoqda», — deb yozadi nashr.

Joriy mavsumda 22 yoshli markaziy himoyachi barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: Bugun 19:05. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!