Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Abdulla Aripov portlash joyiga yetib bordi

Abdulla Aripov portlash joyiga yetib bordi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Ayni paytga qadar berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, portlash va yong‘in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, hududdagi qator xonadonlar va boshqa ob’ektlar jiddiy zararlangan.

Toshkent hokimi portlashdan talofat ko‘rgan uylarning zarari qoplab berilishini ma’lum qildi.

Ayni paytda yong‘in maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda. Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas’ullar yetib borgan.

Kiritildi: 09:36 28.09.2023. O'qildi: 3976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!