SSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya terma jamoasini yengishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
"O‘zbekistonda hozir futbolchilarning eng kuchli avlodlaridan biri mavjud. Uni Rossiya avlodi bilan taqqoslash mumkinmi? Rossiya terma jamoasi ham kuchli tarkibga ega. Bir nechta o‘yinlarni ko‘rdim, garchi ular unchalik kuchli raqiblarga qarshi bo‘lmasa-da, tarkib kuchli: Golovin va boshqa ko‘plab yulduzlar bor.
Menimcha, agar Rossiya xalqaro maydonga qaytarilsa, terma jamoa raqobatbardosh bo‘ladi.
Men har doim o‘z vatanim tarafidaman. Meningcha, O‘zbekiston Rossiyani mag‘lub etgan bo‘lardi", - dedi 21 yoshli futbolchimiz.
FIFA reytingida Rossiya milliy terma jamoasi 35-o‘rinni, O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa 57-o‘rinni egallagan.