Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Abbos Fayzullayevning transferi ikkinchi bo‘ldi

Abbos Fayzullayevning transferi ikkinchi bo‘ldi

Kecha tunda Rossiya Premyer Ligasida yozgi transfer oynasi yopildi.

Rossiya Premer-ligasida yozining eng qimmat sotuvi yarim himoyachi Xorxe Karraskalning "Dinamo"dan "Flamengo"ga o‘tishi bo‘ldi. Avvalroq moskvaliklar transferdan 12,5 million yevro ishlab olgani xabar berilgandi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi eng qimmat transfer SSKAdan yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga 7,5 million yevro evaziga o‘tgani bo‘ldi.

Kuchli uchlikni yana bir SSKA futbolchisi Kellven yakunlab bergan. Moskva jamoasi yarim himoyachini "Palmeyras"ga 6 million yevroga sotdi.

Kiritildi: 10:17 12.09.2025. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!