Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

900 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi

900 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi YPX postida 900 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketayotgan haydovchi ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 15 mart kuni soat 21:10 larda Qarshi—Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelgan Cobalt tumanda joylashgan “Mingchinor” muntazam YPX maskanida to‘xtatildi. Avtomashina haydovchisi bilan olib borilgan suhbat davomida salon va yukxona ko‘zdan kechirilganda kelib chiqishi noma’lum hayvonga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlarsiz 900 kilogramm go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.

Qayd etilishicha, aniqlangan go‘sht viloyat “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” laboratoriyasi xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilganda, iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi. Laboratoriya xulosasiga ko‘ra sifatsiz go‘sht mahsuloti tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, tegishli jazo qo‘llandi.

Kiritildi: 11:05 19.03.2023. O'qildi: 2024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!