Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

9 oyda pensiya to‘lovlari uchun byudjetdan 11,6 trln so‘m transfertlar ajratildi

9 oyda pensiya to‘lovlari uchun byudjetdan 11,6 trln so‘m transfertlar ajratildi

Pensiya jamg‘armasining 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida daromadlari ijrosi 33 trln 756,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 50,8 mlrd so‘mni tashkil etadi. Buning natijasida, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga 2 trln 173,1 mlrd so‘m saqlanishiga erishilgan.

To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida esa mazkur davrda davlat byudjetidan 11 trln 565 mlrd so‘m transfertlar ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Jamg‘arma yanvar-sentyabr oylarida fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari uchun to‘lovlar 46 trln 183 mlrd so‘mni tashkil etgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Kiritildi: 00:40 02.11.2024. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!