Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

9 oyda Bojxona qo‘mitasi tomonidan qancha qurol va o‘q-dorilar ushlab qolingani ma’lum bo‘ldi

9 oyda Bojxona qo‘mitasi tomonidan qancha qurol va o‘q-dorilar ushlab qolingani ma’lum bo‘ldi

Shu yilning 21 oktyabr kuni Bojxona qo‘mitasi bojxona organlari faoliyatining 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘tgan 9 oy mobaynida Bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar, 59 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 187 ta o‘q-dorilar ushlab qolingan.

Shuningdek, hisobot davrida xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida 757 mlrd. so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Chegarada import tovarlari ustidan bojxona ko‘riklari samaradorligi oshib, 356 mlrd so‘mlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olingan.

O‘tgan 9 oy davomida rasmiylashtirilgan 754 mingta bojxona yuk deklarasiyalarining 15 foizi inson omilisiz avtomatik ravishda rasmiylashtirildi, eksportda bu ko‘rsatkich 41 foizga yetdi.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!