Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

9 nafar fuqaroni chet elga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

9 nafar fuqaroni chet elga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.A.” MCHJ rahbari J.B. va menejeri A.A. (muqaddam sudlanganlar) fuqarolarni go‘yoki Germaniya davlatiga ishga yuborishi haqida internet ijtimoiy tarmoqlariga e’lonlar joylashtirib, ushbu e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzib, ulardan jami 12 500 AQSh dollari va 73,2 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:21 23.07.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!