Farg‘onada o‘zining 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotayotgan 22 yoshli ona qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
DXX va IIB xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida arizaga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda mazkur tumanida yashovchi 22 yoshli ayol 2022 yil avgust oyida tug‘ilgan qizini 10 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ma’lum qilinishicha, ayol oilaviy sharoiti yaxshimasligi, puldan qiynalib qolgani uchun bu ishga qo‘l urgan.
"Bolaga zoriqqan bir opa bor ekan. Ham savob, ham uyim yo‘qligi uchun bolamni unga bermoqchi bo‘ldim", - deydi ayol.
Holat yuzasidan JKning 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.