Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

8 nafar fuqaroni ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

8 nafar fuqaroni ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman tibbiyot birlashmasi laboranti Z.YA. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) D.K. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga ishga kiritib qo‘yishini aytib, 2022 yilning dekabr oyida 8 nafar fuqaroning jami 2 600 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:06 08.02.2023. O'qildi: 1656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!