Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Otabek Usmonov ma’lum qildi.
Davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 72,7% (tender) savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish bilan bog‘liq bo‘lsa, 27,3% da til biriktirish orqali kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan harakatlar tashkil etadi.
“Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan boshlang‘ich qiymati 8,2 mln AQSh dollarga teng bo‘lgan mikroprosessor uskunalarini harid qilish;
“O‘zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” UK tomonidan boshlang‘ich qiymati 4,8 mln AQSh dollarga o‘tkazilgan tanlov savdolari;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan boshlang‘ich qiymati 23,6 mlrd so‘mga “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida”tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish o‘tkazilgan tender savdolarida turli qonun buzilishlar tufayli takroran o‘tkazildi.