Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

78 ming yillik manzilgoh topildi

A A A
78 ming yillik manzilgoh topildi

Germaniyalik olimlar Keniyadagi Panga-ya-Saidi g‘oridan qadimiy odamlar manzilgohini topdi.

Panga-ya-Saidi g‘orlar tizmasi bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 1000 metrni tashkil qiladi.

Panga-ya-Saidi qirg‘oqdan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu masofa turli davrlarda suvning balandligiga qarab o‘zgarib turgan. Tadqiqotchilarning fikricha, g‘ordagi odamlar baliq tutmagan, ov va termachilik bilan shug‘ullangan.

Topilma natijasida qilingan kashfiyotlar shuni isbotlaydiki, odamlar rivojlangan qurollarga bosqichma-bosqich o‘tgan va toshga ishlov berishni o‘rgangan. Panga-ya-Saidi g‘orida topilgan tosh qurollar bundan 78 ming yil ilgari yaratilgan, 67 ming yil oldin esa o‘q-yoy takomillashishni boshlagan.

Manba: ria.ru

 

Kiritildi: 08:23 14.05.2018. O'qildi: 1304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik