Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

72 yoshli ingliz Islomni yaxshi ko‘rib qoldi

72 yoshli ingliz Islomni yaxshi ko‘rib qoldi

Angliyalik 72 yoshli Kliff Piter Barber 14 yildan beri Turkiyaning Mug‘la viloyatida yashaydi. Yangi shafaq nashrining yozishicha, yaqinda u Islom dinini qabul qildi.

Turkiyada o‘tkazgan yillari davomida Barber islomiy hayot tarziga qiziqib qoldi. Yaqinda u Fethiye shahridagi masjidga kelib, kalimai shahodatni aytdi va o‘ziga yangi ism tanlandi Jamil. Mug‘la viloyatining din ishlari bo‘yicha departamenti unga Qur’oni Karimni sovg‘a qildi.

Jamil jurnalistlar bilan suhbatda Muhammad alayhissalom va Islom haqida ko‘p ma’lumot o‘qiganidan keyin Islom dinini yaxshi ko‘rib qolganini aytdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 20:45 22.02.2019. O'qildi: 2332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!