Bugun 27 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

O‘g‘ri bojxonachilar 26 tonna oltin bilan qo‘lga tushdi

O‘g‘ri bojxonachilar 26 tonna oltin bilan qo‘lga tushdi

Liviya rasmiylari umumiy qiymati qariyb 2 milliard dollarga teng bo‘lgan 25,8 tonna oltinni mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan yuqori martabali bojxona xodimlarini qo‘lga oldi, deb xabar berdi mamlakat Bosh prokuraturasi Facebook'dagi sahifasida.

Oltin bilan bog‘liq bu voqea 2023 yil dekabr oyida sodir bo‘lgan, ammo amaldorlar endi hibsga olingan.

Aeroportda qo‘lga olinganlar orasida bojxona departamenti bosh direktori, Misrata aeroportidagi bojxona markazi rahbari va eksport bo‘yicha vaqtinchalik qo‘mita rahbari ham bor.

Ular mamlakatdan olib chiqmoqchi bo‘lgan qimmatbaho metallar partiyasi Liviya oltin zaxirasining qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil etadi. Uning joriy kursdagi qiymati 1,94 milliard dollarga yetadi.

Kiritildi: 09:52 17.05.2024. O'qildi: 13411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!