Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

70 YOSHLI SHVARSNEGGER NEGA YETTI YILDAN BERI XOTINI BILAN AJRASHA OLMAYAPTI?

A A A
70 YOSHLI SHVARSNEGGER NEGA YETTI YILDAN BERI XOTINI BILAN AJRASHA OLMAYAPTI?

«Terminator» superqahramoni, ajoyib aktyor va bodibilding ustasi Arnold Shvarsnegger hamda rafiqasi Mariya Shrayverlar 2011 yili ajrashishga qaror qilishgan. Bunga Shvarsneggerning uy xizmatchisi Mildred Bayena bilan xufiyona uchrashuvi sabab bo‘lgan. Mariyaning aytishicha, xiyonatga chidarkan, boshqa ayollar kabi tishni tishga qo‘yarkan-u, ammo Mildredning Shvarsneggerdan tug‘ib olgani alam qilibdi. Shundan keyin Mariya ajrashishga qaror qilibdi. Shvarsnegger ham rad etib o‘tirmadi. Boshqa juftliklar kabi ular janjal, boylik taloshlarini o‘ylab topishmadi. O‘rtalaridagi jami 400 million dollar pulni teng yarmidan bo‘lishdi-yu, shu bilan tinchlanishdi. Lekin gap bunda emas. Ular yetti yildan beri to‘rt farzandni hanuz birgalikda tarbiya qilishmoqda. Sud orqali ajrashish jarayoni tugatilgani yo‘q. Sud hukm e’lon qilmagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ekspertlar, keng jamoatchilik bu ajrashish jarayonini sira o‘ylab o‘tirmasdan Ginnes rekordlar kitobiga kiritish mumkinligini aytishmoqda.

Kiritildi: 02:27 08.07.2018. O'qildi: 2233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!