Turk kardiologi Serkan Qahramanning aytishicha, kechasi 7 soatdan kam uxlaydigan odamlarda qon tomirlarining tiqilishi, yurak xuruji va yurak yetishmovchiligi xavfi keskin ortadi.
Uning ma’lum qilishicha, dunyoning har uchinchi axolisi qandaydir ko‘rinishdagi uyqu buzilishiga duch keladi va bu yurak-qon tomir salomatligiga bevosita ta’sir qiladi. Chuqur uyqu fazasi yetarli bo‘lmasa, qon bosimi va yurak urish tezligi tushmaydi, yurak esa to‘liq tiklanish imkonini yo‘qotadi.
Qahramanning ta’kidlashicha, diabet, gipertoniya, semirish, yuqori xolesterin va chekish kabi xavf omillari bilan birga nochor uyqu yurak xuruji va aritmiya ehtimolini yanada oshiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kechasi 7 soatdan kam uxlaydiganlar o‘rtasida yurak xuruji xavfi ancha yuqori.
Mutaxassis yaxshi uyqu uchun quyidagilarni tavsiya qiladi:
kechayotishni kechga qoldirmaslik (23:00 dan keyin uyqu sifati buziladi);
yog‘li va sho‘r ovqatlardan, kofein va spirtli ichimliklardan voz kechish;
kuniga yetarli jismoniy faollikka rioya qilish;
har kuni bir vaqtda uxlash va uyg‘onish odatiga rioya etish.
Shifokorning ogohlantirishicha, kechasi nafas qisilishi bilan uyg‘onish yurak xastaliklarining jiddiy belgisi bo‘lishi mumkin.