Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 21.09.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Dj.M.dan undiruvchi ATB "Aloqabank" foydasiga 64 mln. 091 ming 416 so‘m qarz undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati 24.09.2024 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochisi I.Raximov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Qonun talabi asosida qarzdorga bank oldidagi qarz summalarini qoplashi uchun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, ijro hujjati talabi bajarilmagan. Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor mol-mulklari o‘rganilgan, o‘rganish davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “DONGFENG PASSENGER CAR AEOLUS SHINE” rusumli avtotransport vositasi mavjudligi aniqlangan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan transport vositasi xatlanib jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Xozirda mazkur transportni realizasiya qilish ishlari olib borilmoqda.