Bugun erta tong XAMAS garovga olingan va halok bo‘lgan to‘rt nafar askarni topshirarkan, Isroil ko‘plab falastinlik mahbuslarni qo‘yib yubordi, deb yozdi “Euronews” nashri.
Ayni payt Misr vositachilari yordamida Isroilga yetkazilgan marhumlar shaxsini aniqlash jarayoni boshlangan.
Yuzlab ozod qilingan falastinlikni olib ketayotgan Qizil Xoch karvoni Ofer qamoqxonasidan G‘arbiy Sohildagi Beytuniya shahriga yo‘l oldi. Shu munosabat bilan asirlarning oila a’zolari, do‘stlari, tarafdorlar yig‘ilgan.