Toshkentda joriy yilning 12 iyun kuni noma’lum ayol ko‘chada o‘ynab yurgan qizni oldiga kelib, undan ziraklarini tomosha qilish uchun berib turishini so‘ragan. Biroq ayol ziraklarni qaytarib bermay, darhol g‘oyib bo‘lgan. Shundan so‘ng qizning onasi tuman IIBga qiymati 100 AQSh dollari bo‘lgan ziraklar o‘g‘irlab ketilganligi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 35 yoshli Dilnoza B. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli ota-onalar! Hushyor bo‘ling, bolalaringizni qarovsiz qoldirmang va ularga notanish odamlar bilan muloqotga kirishmaslik hamda buyumlarini bermasligi haqida tushuntiring, deya ogohlantirmoqda Toshkent shahar IIBB