Londonda yashaydigan Amelianing onasi Jessika Kampbell “Independent”ga intervyu berarkan, xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazib, shov-shuv ko‘targan qizalog‘i haqida qiziq voqealarni gapirib berdi.
“Har kuni maktabdan kelayotganimizda ko‘chada, burchak-burchaklarda yotadigan uysizlarni ko‘rib, ichi achirdi. “Ular nega uylariga borishmaydi?” deb mendan so‘rardi. Men unga ularning yaqinlari, uylari ham yo‘qligini aytardim, Amelia jim bo‘lib qolardi. Keyinchalik ularga ovqat tashib yurdi. “Uyga olib kelsam bo‘ladimi?” deb ham so‘radi. Biroq undaylar juda ko‘pligini, hammasiga yordam berolmasligimizni, hamma narsa pulga borib taqalishini yotig‘ bilan tushuntirdim, — deydi Jessika Kampbell. — Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay, gonoraringizni olib keting, deya qizimga bitta gazetadan qo‘ng‘iroq qilishdi. Keyin bilsam, Amelia bolalar uchun hikoyalar yozayotgan va pul yig‘ayotgan ekan”.
Eslatib o‘tamiz, Amelianing dastlabki hikoyasi “Ikki ajdaho” deb nomlangan. Kichkintoy yozuvchi ayni damda 1200 funt sterling yig‘ishga ulgurdi. Uning eng yaqin yordamchisi va maslahatchisi otasi bo‘lib, pullar uysizlarga boshpana ajratadigan xayriya jamiyatida yig‘ilyapti.