Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

6,65 million yevro - Parijdagi kimoshdi savdosida dinozavr skeleti sotuvga qo‘yildi

6,65 million yevro - Parijdagi kimoshdi savdosida dinozavr skeleti sotuvga qo‘yildi

Amerikalik noma’lum kolleksioner “Katta Jon” deb nomlangan triseratops dinozavrining tosh qotgan suyaklarini kimoshdi savdosida 6,65 mln yevroga sotib oldi. Savdolar Parijdagi Drouot auksion uyida o‘tgan.

Dinozavr skeleti dastlabki baholangan narxidan 4 karra qimmatroqqa sotilgan. Biroq bu dinozavr skeleti uchun to‘langan rekord summa hisoblanmaydi: bir oy oldinroq Nyu-Yorkda tirannozavr skeleti 31,8 mln dollarga sotilgan.

Ta’kidlanishicha, skeleti sotilgan triseratops 66 mln yil avval AQShning hozirgi Janubiy Dakota shtati hududida yashagan. Paleontologlar dastlab dinozavr suyaklarining bir qismini aniqlashgan. So‘ngra bir yil ichida skeletning 60 foizini, jumladan 2,6 metrlik bosh suyagini topishga muvaffaq bo‘lingan. “Katta Jon” skeletining uzunligi 8 metrni tashkil qiladi. U fanga ma’lum bo‘lgan eng katta triseratops hisoblanadi. Uning shoxlari uzunligi 1,1 metrni, eni esa 30 smni tashkil qiladi. Ular 16 tonnagacha bosimni ko‘tara oladi.

Xammasi bo‘lib skelet 200 dan ortiq suyakdan tashkil topgan bo‘lib, umumiy og‘irligi 700 kgdan ko‘proq. Triseratops skeletini tiklagan mutaxassislarning ta’kidlashicha, dinozavr turli hodisalarga boy hayot kechirgan. Jumladan, bundan uning bo‘ynidagi jarohat darak beradi. U bu jarohatni boshqa erkak triseratops bilan hududni himoyalash yoki urg‘ochi triseratops uchun jangda olgan bo‘lishi mumkin.

“Katta Jon”ning Italiyada restavrasiyasiga boshchilik qilgan paleontolog Yakopo Brianoning aytishicha, u yetakchilik qilgan mutaxassislar dunyoda muqobili bo‘lmagan “haqiqiy shedevr”ni yaratishga muvaffaq bo‘lishgan.

Kiritildi: 16:56 22.10.2021. O'qildi: 2892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!