Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

56 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ozod qilindi

56 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ozod qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudi tomonidan 56 nafar mahkum tayinlangan ozodlikdan cheklash va axloq tuzatish ishlari jazolarini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Insonparvarlik, xalqimizga xos bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu fazilatlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezonidir. Mamlakatimizda sudlarning shaffof bo‘lishi, ularni haqiqiy adolat qo‘rg‘oniga aylantirish, fuqarolarning huquqlarini tiklash, yo‘ldan adashgan insonlarga yana bir bor imkoniyat berish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudida insonparvarlik tamoyillari asosida jazo muddatini o‘tash davrida tuzalish yo‘liga o‘tgan, qilmishidan chin dildan pushaymon 56 nafar mahkum tayinlangan ozodlikdan cheklash va axloq tuzatish ishlari jazolarini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Tuman ichki ishlar organlari mutasaddilari ushbu shaxslar jazoni o‘tashda o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargani va mehnatga halol munosabatda bo‘lganligini ta’kidladi. Mazkur materiallar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining raisi A.Saidov, tuman sudi sudyalari M.G‘afurov va K.Mirsafoyev tomonidan ko‘rib chiqildi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida insonparvarlik prinsipi mujassam, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining raisi Abror Saidov. – Bu sud-huquq tizimda ham o‘z aksini topmoqda. Bunda asosan, jinoyat sodir qilgan shaxsni jazolash emas uni axloqan tuzatish va to‘g‘ri yo‘lga boshlash muhim ahamiyatga ega. 

Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudida qilmishidan pushaymon, jazoni o‘tashda o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan bir qator shaxslar ozodlikdan cheklash va axloq tuzatish ishlari jazolarini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Ushbu ishlarni sudda ko‘rib chiqish jarayonida sudlanuvchi bilan suhbat o‘tkazildi. Uning haqiqatdan tuzalish yo‘liga o‘tganiga ishonch hosil qilingach, tegishli taqdimnoma qanoatlantirildi. Shartli ravishda jazodan ozod qilingan shaxs jazodan ozod qilingan muddatda qayta jinoyat sodir qilsa unga ushbu jazo muddati Jinoyat kodeksining 60-moddasiga muvofiq qo‘shib beriladi. 

Ushbu shaxslarning jazodan shartli ozod qilinishi kelajakda davlatimiz, qonunlarimizga bo‘lgan ishonchini oshirish, ularning qonunlarimizga rioya qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan mahkumlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga ko‘ra tayinlangan jazoni boshqa jazoga almashtirish to‘g‘risidagi materiallar ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2 nafar mahkumning axloq tuzatish ishlari jazosi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirildi.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 15:04 17.11.2018. O'qildi: 1362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!