Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi

5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi oliy ma’lumoti bo‘lmagan, biroq mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga davlat OTMlariga kirish uchun tavsiyanoma berishni boshladi.

Nomzodlardan o‘rta maxsus yoki kasb-hunar diplomi, 5 yillik mehnat staji hamda bakalavr diplomi yo‘qligi talab etiladi.

Tavsiyanoma asosida davlat OTMlariga alohida 500 ta kvota ajratiladi.

Arizalar 1 iyunga qadar qabul qilinadi.

Tavsiyanoma 3 yil muddatga beriladi va faqat bir marta o‘qishga kirish uchun amal qiladi.

Imtiyoz xorijiy, nodavlat va harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, arizalarni my.gov.uz platformasi orqali onlayn topshirish mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:56. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!