Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitasiyaga kuzatildi.
Sog‘ayib chiqqanlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 3 nafari erkak, 2 nafari ayollardir. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida eng yoshi kattasi 84 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 48 yoshda.
Viloyatda shu paytga qadar 219 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 224 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2412 nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.