Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

450 ming so‘mlik yoqilg‘i 6,7 milliard so‘mlik chekka aylangan – tadbirkor foydasiga sud qarori chiqarildi

450 ming so‘mlik yoqilg‘i 6,7 milliard so‘mlik chekka aylangan – tadbirkor foydasiga sud qarori chiqarildi


Namangan viloyati Mingbuloq tumanida faoliyat yurituvchi «A.T.X.» MCHJ rahbari soliq hisobotida yuzaga kelgan noaniqlikni bartaraf etishda yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, 2026 yil may oyida onlayn kassa orqali chek rasmiylashtirilayotganda texnik xatoga yo‘l qo‘yilgan. 450 000 so‘mlik dizel yoqilg‘isi o‘rniga tizimga 450 000 litr deb kiritilgan. Natijada 6 milliard 750 million so‘mlik chek shakllanib, korxonaga amalda mavjud bo‘lmagan daromad va asossiz soliq majburiyatlari hisoblangan.

Tadbirkorning chekni tahrirlash bo‘yicha murojaatlari tahrirlash muddati o‘tganligi sababli rad etilgan. Shundan so‘ng Biznes-ombudsman tadbirkor manfaatini ko‘zlab Namangan tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritgan.

Sud arizani to‘liq qanoatlantirib, chekni tahrirlashni rad etish bilan bog‘liq harakatlarni qonunga xilof deb topdi. Soliq qo‘mitasi va Namangan viloyati soliq boshqarmasiga noto‘g‘ri shakllantirilgan chekni tahrirlash imkoniyatini yaratish majburiyati yuklatildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ilgari amalga oshirilgan hisob-kitoblarga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lsa, foydalanuvchi tomonidan tuzatuvchi kassa cheki shakllantirilishi mumkin.

Kiritildi: 21:36 25.09.2026. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!