Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

4 kun ichida qanday ob-havo bo‘ladi?

A A A
4 kun ichida qanday ob-havo bo‘ladi?

O‘zgidromet 29-30 sentyabr va 1-2 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun va bayram dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida 30 sentyabrda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat asosan kechalari +10...+15 daraja , kunduz kunlari +23...+28 daraja bo‘ladi.

29-30 sentyabr kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 sentyabr, shanba kuni kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabr kuni 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +12...+15 daraja, kunduzi +23...+26 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 13:54 29.09.2023. O'qildi: 1793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!